×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:39:43 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - sentabr 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 30-avgust kuni Omsk viloyatining Moskalenki tumanidagi avtomibil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, uning oqibatida uch kishi, xususan O‘zbekiston fuqarolari A.S. va N.M. halok bo‘ldi, O‘zbekiston fuqarolari G.S. va M.A. turli darajadagi ko‘p sonli o‘gir jarohatlar olib, Moskalenki tuman kasalxonasiga yotqizildi. Ularga tegishli yordam ko‘rsatilmoqda hamda Omsk shahridan mutaxassislar ham chaqirtirildi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Omsk viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari va davolovchi shifokorlar bilan aloqa o‘rnatgan. Hozirda hamyurtlarimizning jasadlarini vatanga yuborish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Omsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, maskur hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Hakasiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.



Marta o`qilgan: 451