×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:48:06 (GMT +5), yakshanba, 20 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - avgust 2019

Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Timoti Torlotni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dinamik xarakteri va O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining 9-12-iyul kunlari London shahriga qilgan tashrifining samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.

Turli jabhalardagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratildi.

Anvar Ilyosov olgan su'rat



Marta o`qilgan: 437