O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
27 - avgust 2019

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hamyurtimizni oliyhimmat ishi uchun taqdirladi

2019-yilning 25-avgust kuni mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsuli Fariddin Nasriyev yo‘l-transport hodisasida jarohatlanganlarga yordam berishda mardonavor harakati uchun O‘zbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga tashakkurnoma topshirdi.

2019-yilning 17-avgust kuni Perm shahrida shahar avtobusi YTHga uchrab binoga urildi. Natijada bir odam hodisa joyida vafot etdi, 32 dan ortiq shaxslar jarohat oldi. Mashg‘ulotga ketayotgan hamyurtimiz to‘xtadi va mardonavor yordam berishni boshladi. U qiyshayib ketgan orqa eshiklarni buzib avtubusdan odamlarni olib chiqishni boshladi hamda o‘tib ketayotgan mashinalar haydovchilaridan jarohatlanganlarni kasalxonaga eltishni so‘radi. U “tez yordam” kelganidan so‘ng ham shifokorlarga yordam berishda davom etdi.

Danil Yuldashev Toshkentdan Permga ko‘chib borgan. U yerda o‘rta ta’limni olgan va hozirda ishlamoqda. Boks bilan shug‘ullanadi. Uning qarindoshlari O‘zbekistonda yashaydi.

Bosh konsulxonada O‘zbekiston fuqarosiga madonavor harakati va insonparvarligi uchun tashakkurnoma topshirish marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov hamda oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Murodullo Xolmuhamedov ishtirok etdi va tashakkurnomaga imzo chekdi.

Avvalroq Danil Yuldashev insonlarni qutqarishda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyligi uchun Perm o‘lkasi gubernatori Maksim Reshetnikovdan minnatdorlik xati oldi. Hamyurtimizning YTHdagi jasorati Rossiya OAVlarida keng yoritildi



Marta o`qilgan: 1631