×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:20:24 (GMT +5), yakshanba, 29 - mart 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - avgust 2019

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirishi haqida

2019-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risida hamkorlik haqidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Ushbu hujjat 2019-yil 25-mart kuni Abu Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BAAga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘lgan diplomatik pasport egalariga 90 kungacha viza rasmiylashtirmasdan ikkinchi davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali o‘tish va bo‘lish huquqini berishni tartibga soladi.

BAA bilan ikki tomonlama hamkorlik faollashayotganini inobatga olgan holda, Bayonnoma ikki mamlakatning rasmiy vakillari – diplomatik pasport egalarining o‘zaro tashriflari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal etishga ko‘maklashadi.



Marta o`qilgan: 1803