×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:37:03 (GMT +5), juma, 18 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


22 - avgust 2019

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv

2019-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heylni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar bugungi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh munosabatlari jo‘shqin rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bunga turli darajadagi faol muloqotlar yo‘l ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil may oyida Vashington shahriga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp hamda AQSh ma’muriyatining yuqori martabali a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar hal qiluvchi voqea bo‘ldi.

AQSh bilan investitsiya, mamlakatni iqtisodiy va texnologik modernizatsiya qilish uchun texnologiyalar va ilg‘or AQSH tajribasini jalb qilishdir sohasida yaqin hamkorlik O‘zbekiston uchun muhim ustuvor yo‘nalish ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi konstruktiv aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli barcha sohalarda munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishga qat’iy sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Devid Heyl O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuksak baholadi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan ta’lim almashuvini faollashtirishda ko‘mak berishga AQSh tomoni tayyorligini tasdiqladi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda AQSh Elchisi Daniel Rozenblum ishtirok etdi.


Anvar Ilyosov olgan su'rat



Marta o`qilgan: 460