×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:17:04 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - avgust 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 18-avgust kuni Novosibirsk viloyatida K-17p trassasining 374-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda bir odam vafot etdi, haydovchi va mikroavtobusning 8 ta yo‘lovchisi, jumladan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi.

Barcha jarohatlanganlar Novosibirsk viloyati Karasuk shahar markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk viloyati, Baykal orti o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk viloyati, Novosibirsk shahri, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Hakasiya Respublikasi) hududida fuqarolarimiz zarur holatlarda O’zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.



Marta o`qilgan: 388