×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:25:14 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


19 - avgust 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasiga 2019-yilning 5-avgust kuni Krasnodar o‘lkasining Temryuk tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari jabrlanganlari to‘g‘risida rasmiy xabar kelib tushdi. Ikki kishi vafot etgan, ulardan birining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylashtirildi.

Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olinib, konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilishda yordam ko‘rsatish uchun huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Rostov-Don shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57.



Marta o`qilgan: 402