×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:54:52 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - avgust 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019-yil 7-avgust kuni Orenburg viloyatida onasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risida olingan ma’lumotni tasdiqladi. Chaqaloq og‘ir nuqson – yurak muammolari bilan tug‘ilgan bo‘lib, hozirda barokamerada qolmoqda. Shifokorlar fikriga ko‘ra, bolaga shoshilinch ravishda jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish zarur, lekin uning onasi Rossiya fuqarosi emasligi sababli buning hozirda imkoni yo‘q.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilishda, shu jumladan bolaning vataniga qaytishi uchun guvohnoma berishda ko‘mak bermoqda. TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan maslahat so‘rab murojaat qildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kriov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-967-772-66-00.



Marta o`qilgan: 277