×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:24:01 (GMT +5), payshanba, 24 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - avgust 2019

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasidagi muntazam aloqalar davomida erishilgan kelishuvlarni amaly tadbiq etish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qildilar.

Vazirlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklash bo‘yicha vazifalar atrofida jamlanganligi ta’kidlandi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Ashxobod havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.



Marta o`qilgan: 851