O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
15 - avgust 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Dehli shahrida 32 yoshli mamlakatimiz fuqarosi hujum va zo‘rlashga uchragani to‘g‘risida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqladi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va Hindiston poytaxti politsiya vakillari bilan aloqa o‘rnatdi. Ma’lum qilinishicha, uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.



Marta o`qilgan: 2323