×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:38:40 (GMT +5), shanba, 7 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - avgust 2019

Armaniston Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Armaniston Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Aram Grigoryanni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini olar ekan Vazir Elchini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlar holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ko’rib chiqildi.

O‘zbekiston-Armaniston aloqalarni jadallashtirish, jumladan o‘zaro tovar va xizmatlar ayirboshlashni kengaytirish hamda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini takomillashtirish ustida birgalikda ishlash dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.


Anvar Ilyasov olgan surat



Marta o`qilgan: 715