×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:31:23 (GMT +5), shanba, 24 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


10 - avgust 2019

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi to‘g‘risida

2019-yilning 7-8-avgust kunlari Farg‘ona shahrida xorij biznes hamjamiyatini viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazildi. Tadbir Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan birgalikda tashkil etildi.

Forum ishida O‘zbekistonning O‘mon va Qirg‘izistondagi elchilari, dunyoning 30 davlatidan kelgan 150 dan ortiq chet el biznesmenlari, O‘zbekistondagi diplomatik korpus hamda yetakchi xorijiy OAVning TIV huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning rasmiy ochilish qismidan so‘ng Farg‘ona viloyatining sanoat salohiyatini izchil oshirish, hududga ilg‘or texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, viloyat aholisi hayot darajasini yuksaltirish, urbanizatsiya jarayoni strategiyasiga hamda sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida boshlangan islohotlarni yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan 3 ta seksiya majlislari o‘tkazildi.

7-avgust kuni tushdan so‘ng hududdagi yangi investitsiya loyihalarining, hozirda ishlatilmayotgan va foydalanish uchun tayyor ishlab chiqarish binolarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Forum ishtirokchilari mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “Farg‘onada ishlab chiqarilgan” nomli ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurib, “Farg‘onaazot” AJ, “UzSungwoo”, “Narimteks”, “Germes Ideal Sifat” va “Vostok Composite” kompaniyalarining eksportga mo‘ljallangan mahsulotlari bilan tanishdilar.

Forum “B2B” va “B2G” shakllaridagi kooperatsion birjada davom ettirilib, uning yakunlari ko‘ra qiymati 350 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan hujjatlar imzolandi.

Tadbir qatnashchilari mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan ham tanishdi, istiqbolli investitsiya loyihalari, investorlarga taklif qilinayotgan bino va qurilmalar, bekor turgan yer maydonlarining taqdimoti o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari uchun Farg‘ona viloyatining asosiy qadamjolari bo‘ylab info-tur ham tashkil etilib, hunarmandchilik an’analari bilan tanishtirildi.

Forum yakunlariga ko‘ra Farg‘ona viloyati rahbarlarining mahalliy va xorijiy OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.



Marta o`qilgan: 309