×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
09:26:55 (GMT +5), shanba, 7 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - avgust 2019

Turkiya Prezidenti bilan uchrashuv

2019-yilning 6-avgust kuni O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamraisligidagi Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida hamda Turkiya Respublikasi elchilarining XI yillik konferensiyasida ishtirok etish uchun Anqara shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tomonidan qabul qilindi.

Vazir davlatimiz rahbarining Turkiya Prezidenti va birodar xalqiga yo‘llagan iliq salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Rejep Tayyip Erdog‘an o‘z navbatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholadi, davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish jarayonidagi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining muhim rolini e’tirof etdi.

Suhbat chog‘ida oliy darajadagi uchrashuvlar hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo aralash komissiya va Qo‘shma strategiyani rejalashtirish guruhining yig‘ilishlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi, ikki tomon kun tartibining boshqa jihatlari, xususan asosiy qo‘shma tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.

Joriy yilda Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari raisligida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston – Turkiya muloqoti, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlar bilan shakllangan ishonch, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish muhiti davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos hisoblanishi qayd etildi.



Marta o`qilgan: 1252