×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:57:16 (GMT +5), dushanba, 9 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - avgust 2019

Turkiya Buyuk millat majlisining Raisi bilan uchrashuv

2019-yilning 6-avgust kuni Turkiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisining Raisi Mustafo Shentop bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, 2017-yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangani O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi huquqiy asosining muhim tarkibiy qismi bo‘ldi.

Parlamentlararo hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishning qulay omili sifatida muhimligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, hamkorlikning qonunchilik asoslarini mustahkamlash, iqtisodiy va boshqa sohadagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, turizm, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qonunchilik jihatidan ko‘mak berishga tomonlarning tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Suhbat chog‘ida 2018-yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan hamkorlikning parlamentlararo guruhlari birinchi qo‘shma majlisining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etildi, Oliy Majlis delegatsiyasining Anqara shahrida ikkinchi qo‘shma majlisda ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Qonun ijodkorligi sohasi, parlament saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni Turkiya Buyuk millat majlisi a’zolarini joriy yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif qildi.



Marta o`qilgan: 834