×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
15:22:40 (GMT +5), yakshanba, 8 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - avgust 2019

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining raisi bilan uchrashuv

2019-yilning 6-avgust kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) raisi Serkan Kayalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, TIKA 1992-yildan beri O‘zbekistonda iqtisod, savdo, texnik, ta’lim, ijtimoiy va madaniy dasturlarni hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida TIKA tomonidan qiymati 40 mln. AQSh dollaridan ko‘proq bo‘lgan 800 dan ortiq texnik ko‘mak grant loyihalarini amalga oshirdi. 2019-yil yakunlariga ko‘ra ushbu ko‘rsatgichning sezilarli darajada o‘sichi kutilmoqda. TIKA raisi sobiq o‘rinbosari Mehmet Sureyya Erning O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishi ham mamlakatimizdagi Turkiya texnik ko‘mak loyihalarining hajmi va sifatining yangi darajaga olib chiqilishidan darak beruvchi belgi deb qaralmoqda.

TIKAning O‘zbekistondagi biz uchun muhim bo‘lgan loyihalaridan biri mamlakatimizda Istanbulning “Gebze” tashkiliy sanoat zonasi filali ochilishi hisoblanadi. Bu loyihaning amalga oshirilishi ikki tomon uchun ham uzoq muddat davomida natija keltiruvchi manfaatli qadam bo‘ladi, mamlakatimizda Turkiya tadbirkorlarining investitsion va ishlab chiqarish faoliyati uchun yangi sharoitlarni yaratadi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli muassasalari bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, turizm sohalarida va boshqa qator ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda TIKAning loyihalar va texnik ko‘mak dasturlarini amalga oshirish doirasidagi hamkorligini faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Marta o`qilgan: 1026