Dolzarb masalalar
- Saylov - 2019
- O'zbekistonning investitsiya salohiyati
- O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
- Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi
- O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi
- Orol va suv resurslari muammolari
- O‘R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar
-
Хабарҳои Ўзбекистон
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 2-avgust Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda 4 odam, jumladan 2 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari F.T. va D.A. voqea joyida halok bo‘ldi. Uchinchi hamyurtimiz R.J. olingan jarohatlardan Chimkent shahar shifoxonasida vafot etdi.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78.