×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:55:25 (GMT +5), shanba, 17 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - avgust 2019

O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi axboroti

So‘nggi kunlarda AQShning qator yirik shaharlarida tinch aholini bir qancha ommaviy o‘qqa tutish holatlari yuz berdi.

2019-yil 3-avgust kuni Texas shtatining El-Paso shahrida “Walmart” supermarketida otishma sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 20 kishi qurolli hujum qurboniga aylangan, yana 26 kishi jarohatlangan, 21 yoshli gumondor Patrik Kruzius hibsga olingan. Jinoyatning sabablari aniqlashtirilmoqda.

4-avgustga o‘tar kechasi Ogayo shtati Deyton shahrida ham otishma yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi, jumladan hujumchining o‘zi vafot etgan. 27 kishi jabrlangan.

Shuningdek, otishma holati Illinoys shtatida Chikago shahrida ham qayd etildi. Fox News xabariga ko‘ra, 4-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 1.30 da, jinoyatchi Chikago g‘arbidagi parkda mashinadan olomonga qarata o‘q uzgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 7 kishi turli darajada jarohat olgan.

5-avgust holatiga ko‘ra, Texas va Ogayo shtatlarida, shuningdek, Chikago shahrida sodir bo‘lgan fojiali voqealar qurbonlari ro‘yxatlarida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.



Marta o`qilgan: 429