×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:53:45 (GMT +5), dushanba, 24 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - avgust 2019

Germaniya Hukumatining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2019-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha Maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi O‘zbekiston va Germaniya sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birgalikda muvofiqlashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Germaniya Maxsus vakili ikki tomonlama muhim masalalar bo‘yicha hamkorlikning hozirgi darajasiga yuqori baho berdi va Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari bo‘yicha O‘zbekiston va Germaniya mavqelari yaqinligini ta’kidladi.

Alohida qayd etilganidek, Germaniya Hukumati Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, xususan qo‘shni mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati qadamlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari apparatlari hamda O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Afg‘oniston masalalari bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni bundan keyin ham davom ettirishga tomonlarning tayyor ekanliklari bildirildi.


Anvar Ilyasov olgan surat



Marta o`qilgan: 1180