O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
1 - avgust 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 18 nafar O‘zbekiston fuqarolarini qullikda ushlab turishda gumonlanuvchi shaxslar Moskva viloyati politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani tog‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Ayni paytda jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish, jumladan jabrlangan yurtdoshlarimizga vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskvа viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.



Marta o`qilgan: 1278