O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
30 - iyul 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 25-iyul kuni Primorsk o‘lkasida 2011-yildan beri yashab, ishlab kelgan O‘zbekiston fuqarosi I.X. yurak xurujidan vafot etdi.

30-iyul kuni shu mintaqada baxtsiz voqea natijasida 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. olamdan o’tdi.

Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga oldi va O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini vataniga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ishtirok etmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning qarindoshlari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamalari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.



Marta o`qilgan: 1819