×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:17:44 (GMT +5), juma, 17 - yanvar 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


26 - iyul 2019

Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 17-iyul Rossiya Bosh vazirining 907-son Qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq Rossiya davlat chegarasi o‘tish punktlarida davlat karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra Rossiya chegarasini kesib o‘tayotgan shaxs bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg dan ortiq bo‘lmagan sabzavot va mevalarni, har birida eng ko‘pi 15 dona gul va o‘simliklarning boshqa qismlari bo‘lgan uchtadan ko‘p bo‘lmagan guldastani olib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Mazkur tovarlardan katta miqdorda olib kirish uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi. Aks holda 2 kun ichida mahsulotlar qaytarib yuboriladi yoki egasi hisobidan yo‘q qilinadi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yangi qoidalar samalyot, poyezd va avtomobil yo‘lovchilariga ham taalluqli ekanligini hisobga olishlarini so‘raydi. Mazkur cheklovlar transport tizimlari xodimlariga va pochta jo‘natmalariga ham tegishli.



Marta o`qilgan: 1275