×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:50:55 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - iyul 2019

USAID ma’muri bilan uchrashuv

2019-yilning 19-iyul kuni AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Mark Grin bilan uchrashdi.

Muzokaralarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan batafsil fikr almashildi, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida mustahkam ko‘p qirrali hamkorlik nuqtayi nazaridan Agentlik bilan samarali aloqalarning ustuvor jihatlari muhokama qilindi.

Mark Grin Agentlikning O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikka va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion-texnologik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar eng katta unum keltirishi ta’kidlandi.

“Ta’lim sohasiga sarmoya kiritib, siz kelajak urug‘ini ekasiz, chunki munosib ta’limsiz dunyodagi tobora kuchayib borayotgan raqobatga dosh berish imkonsiz”, – dedi USAID administratori.

Agentlik rahbariga O‘zbekistonning 5 yillik rivojlanish strategiyasining asosiy qoidalari, AQShning qator davlat idoralarida o‘tkazilgan delegatsiya muzokaralari natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Vashington shahridagi USAID bosh qarorgohi o‘rtasida turli darajalarda aloqalarni jadal kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Marta o`qilgan: 570