×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:44:43 (GMT +5), yakshanba, 20 - oktabr 2019
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - iyul 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2019-yilning 19-iyul kuni O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev va Tashqi mehmant migratsiya agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi rahbari Saidno‘mon Mansurov “Koshelevskiy posad” korxonasida ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolarining zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilishi tafsilotlarini aniqlash uchun Samara viloyatiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston vakillari vatandoshlarimiz davolanayotgan V.D.Seredavina nomidagi Samara viloyati klinik kasalxonasiga va 1-sonli Tolyattinsk shahar klinik kasalaxonasiga tashrif buyurib bemorlar holidan xabar oldilar, ular bilan suhbatlashdilar. Ma’lum bo‘lishicha, kasalxonada davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining jami soni 69 nafar, jumladan 1 nafar bola bo‘lib, ulardan uch nafari reanimatsiya bo‘limida. Ularning sog‘liklari holati barqaror-og‘ir. Ayni paytda zaharlanish sabablarini aniqlash uchun tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur hudud, viloyat sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari, tibbiyot muassasalari boshliqlari va “Koshelevskiy posad” korxonasi direktori bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv va muzokaralar yakunlarida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

- bemorlarni davolash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplanadi;

- O‘zbekiston fuqarolarining pasport va mehnat patentlari egalarining qo‘llariga topshiriladi;

- fuqarolarning ovqatlanish va yashash sharoitlarini qo‘shimcha yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi;

- ish haqi miqdorini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratida turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00.



Marta o`qilgan: 878