×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:07:37 (GMT +5), juma, 15 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - iyul 2019

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida nutq so‘zladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2019-yil 16-18-iyul kunlari Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

AQSh tashbbusi bilan o‘tkazilayotgan forumda tashqi ishlar vazirlari darajasidagi hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din peshvolari va fuqarolik jamiyati faollaridan iborat 115 dan ortiq mamlakatning 1000 dan ziyod vakillari ishtirok etdilar. Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy sabablarga ko‘ra ta’qib va kamsitishga qarshi kurash, din va imon erkinligini hurmat qilishni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Abdulaziz Kamilov konferensiyadagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi Diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasiga taklif qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu esa O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat hayotining barcha jabhalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan islohotlarni jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi deb qaraladi.

Qayd etilganidek, e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasidagi real ilgarilash butun siyosiy-huquqiy islolotlarning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Avvalo, din to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va liberallashtirishga e’tibor qaratilmoqda.

Diniy adabiyotlarni ishlab chiqarish, keltirish va tarqatish uchun ruxsat olish jarayoni soddalashtirildi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirildi. Faqat 2019-yil boshidan buyon O‘zbekistonda yangi diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan, islomiy bo‘lmagan Sun Bogim cherkovi va yevangeliya xristian-baptistlar cherkovi shular jumlasidandir.

Iyegova shohidlari, Yevangeliya xristian-baptistlar cherkovlari ittifoqi va To‘liq Yevangeliya xristianlari markazi kabi diniy ozchilik vakillari qo‘shilishi hisobiga Konfessiyalar ishlari bo‘yicha Kengash tarkibi kengaytirildi.

Diniy ta’lim va ma’rifat jamiyatning ma’naviy va ahloqiy yangilanishining muhim omili bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston hukumati yoshlarni diniy tarbiyalashda ayollarning faol ishtirokini qo‘llab quvvatlamoqda va rag‘batlantirmoqda.

O‘tgan 20 yilda ilk bor “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” qonun qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston bu jarayonga xalqaro mutaxassislarni jalb etishni maqsad qilgan.

Yaqin vaqtda qonun loyihasi Xalqaro diniy erkinlik sohasidagi alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Sem Braunbek ofisi, AQSh Helsinki komissiyasi, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va BMTning Maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidga xalqaro ekspert bahosini o‘tkazish uchun taqdim etiladi.

BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolutsiyasining qabul qilinishi xalqaro hamkorlik sohasida muhim voqealardan bo‘ldi. Rezolutsiyaning asosiy maqsadi – “barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berish”dir.

Hozirda O‘zbekiston tizimli tarzda din bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotgan insonlar orasida jinoyatlashuv va radikallashuvning oldini olish, ekstrimizm sabablari haqida erta ogohlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda mamlakatimiz “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyiliga asoslanmoqda.

So‘nggi uch yil ichida diniy sabablar bilan sudlangan 20 mingdan ortiq mahbuslar avf etildilar va “qora ro‘yxat”dan chiqarildilar. Joriy yilning may oyida davlat rahbari topshirig‘iga binoan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga aldov yo‘llari bilan jalb etilgan asosan ayollar va bolalardan iborat 156 ta O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga maxsus samalyotda keltirildilar. Hozirda ular ish bilan ta’minlanmoqda va reabilitatsiyadan o‘tmoqdalar. Ushbu insonparvarlik amaliyoti davom ettiriladi.

Yakunda Vazir ta’kidlaganidek, mamlakatimizda diniy erkinliklarni ta’minlash doirasida O‘zbekiston xalqaro, hukumat va nohukumat tashkilotlari, xususan, BMT, YXHT, Yevropa Ittifoqi, AQShning tegishli organlarni va boshqa manfaatdor tomonlar bilan keng hamkorlikni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Vazirlar konferensiyasida ilk bor 2018-yilda ishtorok etgan edi. O‘tgan yilning dekabrida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo qarori bilan O‘zbekiston birinchi marotaba diniy erkinlikar sohasida alohida xavotir uyg‘otadigan davlatlar ro‘yxatidan chiqargan.



Marta o`qilgan: 1029