O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
20 - iyul 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Turkiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 18-iyul kuni Antalyada O‘zbekiston fuqarosi Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl tomonidan urib yuborildi va voqea joyida vafot etdi.

Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hamyurtimizning jasadi Antalyada Istambulga olib keldi va bugun “Istambul-Toshkent” yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Iroq va Janubiy Afrika Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakatimiz Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46.



Marta o`qilgan: 843