×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:29:24 (GMT +5), chorshanba, 18 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


18 - iyul 2019

AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 17-iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Robert Bolton bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – AQSh munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Jon Bolton Vashington shahridagi Din erkinliklari bo‘yicha ikkinchi vazirlar konferensiyasida bu kabi nufuzli delegatsiya ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki davlat rahbarlari tomonidan 2018-yil may oyida qabul qilingan “O‘zbekiston va AQSh: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” nomli Qo‘shma siyosiy bayonot, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralar doirasida erishilgan boshqa kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishga o‘zaro qiziqish mavjudligi e’tirof etildi.

Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikka oid masalalar muhokamasi chog‘ida AQSh tomoni afgo‘nlararo tinchlik muloqoti mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklash, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi ko‘p qirrali mintaqaviy aloqalarga jalb etishdagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi.

Tomonlar hamkorlikning yangi sohalarini belgilash maqsadida turli darajadagi muntazam aloqalarlarni davom ettirishga kelishdilar.

* * *

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Jon Bolton o‘zining “Twitter”dagi sahifasida quyidagicha qayd qoldirdi: “O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov bilan juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdim. Biz tomonlarki qiziqtirgan ko‘plab masalalarni hamda sherikchiligimizni ilgari surishning eng yaxshi choralarini muhokama qildik. Biz O‘zbekistondagi islohotlarni va ularni butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sirini olqishlaymiz. AQSh-O‘zbekiston hamkorligining chuqurlashishini sabirzislik bilan kutmoqdamiz”.



Marta o`qilgan: 614