O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
13 - iyul 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Oʻzbekistonning Riga shahridagi (Latviya) Elchixonasi ta’lim muassasini tugatganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni qalbalikiligi toʻgʻrisida gumon qilingan Oʻzbekiston fuqarolarining Finlandiyadan deportatsiya qilinganligi toʻgʻrisida qator OAVlarda tarqalgan xabalarni tasdiqladi.

Ayni paytda Elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda batafsil ma’lumot olish uchun Finlandiyaning rasmiy vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlandiya va Norvegiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Riga shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.



Marta o`qilgan: 2799