O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
12 - iyul 2019

Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv

2019-yil 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov London shahrida Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vaziri o‘rinbosari baronessa Elizabet Greys Sag bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari, jumladan O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning Buyuk Britaniya, xususan Xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga oid masalalar muhokama qilindi.

Hamkorlikning, jumladan Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.



Marta o`qilgan: 731