×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:25:01 (GMT +5), yakshanba, 21 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - iyul 2019

O‘zbekiston Elchisi Germaniya Federal kansleri bilan uchrashdi

2019-yilning 9-iyul kuni O‘zbekistonning Berlin shahridagi Elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal kansleri Angela Merkel taklifiga binoan GFRda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari uchun “Mezeberg” hukumat qarorgohida o‘tkazilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi.

Qabul chog‘ida Kansler Angela Merkel bilan qisqa suhbat bo‘lib o‘tib, u yarim yil ichida amalga oshirilgan ikkita oliy darajadagi tashrif – Prezident Shavkat Mirziyoyevning yanvar oyidagi Germaniyaga va Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning may oyidagi O‘zbekistonga tashriflari yakunlaridan mamnunligini bildirdi. Kansler tashrif yakunlariga o‘ta muvaffaqiyatli va sermahsul deb baho berdi.

Germaniya Hukumati rahbarining fikricha, oliy darajadagi mazkur tashriflar, shubhasiz, ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi ishonchli munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikning faollashuviga xizmat qiladi.

Kansler Angela Merkel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ehtirom va eng ezgu tilaklarini ham yetkazib qo‘yishni so‘radi.



Marta o`qilgan: 422