O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
5 - iyul 2019

Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq 2019-yilning 1-5-iyul kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Tadbirda O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala demarkatsiya ishlari boshlanishining aniq muddatlari kelishildi.

Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston Respublikasi TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli Bayonnomani imzoladilar.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi.



Marta o`qilgan: 1058