×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:19:54 (GMT +5), shanba, 14 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


1 - iyul 2019

Namangan shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

2019-yil 1-iyul kuni Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Namangan viloyati Hokimi Xayrulla Bozorovning raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatimizning mintaqaga biriktirilgan xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, viloyatlar tumanlari hokimliklari, qator vazirlik va idoralar vakillari hamda loyiharning mahalliy hamkorlari ishtirok etdilar.

Maqsad - Namangan viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy tovarlarni tashqi bozorga eksport qilish va chet ellik turistlar oqimini ko‘paytirish, mintaqa oliy ta’lim muassasalari va xorijiy universitetlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

Videokonferensiyada O‘zbekistonning xorijdagi 23 ta davlat, jumladan, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Singapur, Fransiya, Hindiston, Italiya BAA, Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, O‘mon, Kuvayt, Belgiya, Polsha, Tayland, Qirg‘iziston, Ukrainadagi diplomatik missiyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Videoselektor chog‘ida umumiy qiymati 1,3 milliard AQSh dollari bo‘lgan 100 dan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zlashtirish bo‘yicha davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi yetkazildi. Ushbu loyihalar Prezident Shavkat Mirziyoevning Namangan viloyatiga tashrifi (2019-yil 28-fevral – 1-mart) va “Doing business with Namangan” Xalqaro investitsiya forumi (2019-yil 7-8-iyun, Namangan) yakunlariga ko‘ra elchixonalar ishtirokida ishlab chiqilgan. Namangan forumi natijasida umumiy qiymati 350 million AQSh dollariga teng 48 ta investitsiya bitimlari va eksport shartnomalari imzolangan edi.

Xususan, har bir loyiha “TIV – Elchixona – Namangan viloyati hokimligi – viloyatning tegishli idorasi” shaklida tanqidiy tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator masalalar amaliy jihatdan hal qilindi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning joriy masalalarini hal qilish maqsadida viloyatga biriktirilgan elchixonalar tomonidan Namangan viloyati tumanlari hokimliklari rahbarlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqa o‘rnatildi.

Shuningdek, elchixonalar, Namangan viloyati hokimligi va vazirliklar vakillari tarkibida sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiya loyihalarini o‘zlashtirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tashkil etish masalasi muhokama qilindi.



Marta o`qilgan: 1111