O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
1 - iyul 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Leningrad viloyati tergov organlarining rasmiy ma’lumoti asosida 2019-yil 28-iyun kuni Vsevolojsk tumani Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilganini tasdiqladi. Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan 29-iyun kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi Sankt-Peterburglik 15-yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan.

Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Marta o`qilgan: 1264