O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
26 - iyun 2019

Tayinlov

Rustam Kurganbaev O‘zbekiston Respublikasining Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib tayinlandi. R.Kurganbaev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati). Bog‘lanish uchun tel.: +7-863-285-50-57.



Marta o`qilgan: 3320