O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
26 - iyun 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yil 25-iyun kuni Ufa shahridan kelayotgan 382-son temir yo‘l reysining qolgan barcha yo‘lovchilari avtobuslar orqali Toshkent shahriga yuborildi. Shuningdek, Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan va Aris shahridagi o‘q-dorilar portlashlarii oqibatida Turkiston shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Rossiya temir yo‘llari”ga qarashli 365-reys yo‘lovchilari “Jibek Joly” - “G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktigacha Qozog‘istonning Turkiston viloyati Akimati ko‘magida, uy yog‘iga Toshkent shahrigacha esa “O‘zavtotrans” avbobuslarida yetkazildi.

25-iyun kuni kechasi Chimkent shahrida to‘xtatib qo‘yilgan “Novosibirsk-Toshkent” 370-termiyo‘l reysining 264 nafar yo‘lovchilarini Toshkent shahriga yetkazish ishlari 26-iyun kuni ertalab davom ettirildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.



Marta o`qilgan: 1741