O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
17 - iyun 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng 2019-yil 30-may kuni Istanbul shahrida (Turkiya) jasadi gilamga o‘ralgan holda topilgan ayol kishining shaxsi aniqlandi. Marhuma 1992-yil 31-dekabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi O.N. bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Konsullik-huquqiy departament marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Istanbul shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.



Marta o`qilgan: 2902