×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
19:23:50 (GMT +5), dushanba, 19 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - iyun 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh Konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra Saxalin viloyati gubernatorining 2018-yil 12-dekabrdagi 37-son Farmoni bilan 2019-yilda mazkur viloyat hududida faoliyat yurutuvchi xo‘jalik subyektlariga ta’lim, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, chakana savdo, xususiy qo‘riqlash xizmatlari faoliyati, ququrlik va quvur transporti, transport vositalari uchun to‘xtash joylari, xavfli tovarlarni tashish, mehmonxona faoliyati va umumiy ovqatlanish korxonalari, suv chiqarish, tozalash va taqsimlash, oqava suvlarni to‘plash va qayta ishlash sohalariga patent asosida mehnat faoliyati olib boruvchi xorijiy fuqarolarni jalb etishga ta’qiq qo‘yildi.

Shuningdek, joriy yilning 17-iyunidan ushbu ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda landshaft obodonlashtirish faoliyati, ishga qabul qilish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash agentliklari va reklama agentliklari faoliyati ham kiritildi.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida joylashgan va Saxalin viloyatiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga yuqorida ko‘rsatilgan ta’qiqlarni hisobga olishlarini so‘raydi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamalari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.



Marta o`qilgan: 713