O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
14 - iyun 2019

O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha Jizzax shahrida muzokalar bo‘lib o‘tdi

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq 2019-yilning 10-14-iyun kunlari Jizzax shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismidagi O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi uchastkasida dala demarkatsiya ishlari bajarilishi yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston Respublikasi TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Zulfiya Amanjolova tegishli Bayonnomani imzoladilar.

Uchrashuv an’anaviy do‘stlik muhitida o‘tdi.



Marta o`qilgan: 1033