×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:47:17 (GMT +5), seshanba, 25 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - iyun 2019

AQShning birinchi sertifikatlangan savdo missiyasi tashrifini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi

2019-yilning 7-iyun kuni mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasida birinchi sertifikatlangan AQSh savdo missiyasining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilish maqsadida AQSh Savdo vazirligining Yevroosiyo mamlakatlari ofisi direktori Metyu Edvards bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vaziri Uilbur Ross o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq 18-20-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan savdo missiyasi AQSh Savdo vazirligi tomonidan Amerika savdo palatasi hamda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda.

Biznes-missiya tarkibiga iste’mol tovarlar ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va farmasevtika, qurilish, geologiya, metallurgiya, aviatsiya, logistika, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, dasturiy ta’minot va ta’lim kabi sohalarda faoliyat yuritadigan AQShning 20ga yaqin yirik kompaniyalari kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bugungi kungacha 13 ta kompaniya mazkur missiyada o‘z ishtirokini tasdiqladi. Ular orasida AQShning eng yirik 500 korporatsiyalari ro‘yxati – “Fortune 500” tarkibiga kiruvchi gigiyena, kosmetika va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha transmilliy konglomerat “Procter&Gamble”, tibbiy uskuna va farmasevtik preparatlar ishlab chiqarishda yetakchi, 160 mamlakatda faoliyat yuritadigan va yurak yetishmovchiligini davolash uchun kardiostimulyator ishlab chiqarishda dunyo lideri hisoblanadigan “Medtronic” hamda butun dunyo bo‘ylab 25 mingga yaqin yirik loyihalarni amalga oshirgan, jumladan uzunligi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadigan La-Mansh ostidan o‘tuvchi temir yo‘l tunneli, Gonkong va Dohadagi (Qatar) xalqaro aeroportlar qurilishida ishtirok etgan mashxur “Bechtel” qurilish firmasi bor. Savdo missiyasida jami 25-30 ga yaqin AQSh biznes vakillari ishtiroki kutilmoqda.

AQSh kompaniyalari tashrifi doirasida “G2B” va “В2B” shakllarida biznes-forum va kooperatsion birja o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Umuman olganda mazkur tashrif ikki mamlakat biznes-hamjamiyatlari o‘rtasida ko‘p qirrali sherikchilikni kengaytirish uchun platformaga asos solishi kutilmoqda. Muzokaralar davomida kuzda Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-AQSh biznes forumi doirasida qat’iy bitim shaklida rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan aniq amaliy natijalarga erishish rejalashtirilmoqda.



Marta o`qilgan: 365