×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:24:20 (GMT +5), chorshanba, 19 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


11 - iyun 2019

Oʻzbekiston Prezidenti SHHT va OHICHK sammitlarida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi.

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish koʻzda tutilgan.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan” mavzusi ostida oʻtadi. Uning ishida kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bishkek va Dushanbe shaharlarida boʻlib oʻtadigan sammitlardagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.



Muallif: O‘zA
Marta o`qilgan: 161