×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
16:45:36 (GMT +5), seshanba, 25 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - iyun 2019

Namanganda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi yakunlariga doir

2019-yilning 7-8-iyun kunlari Namangan shahrida “Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Namangan viloyati hokimligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda tashkil etildi.

Forumda 500 dan ziyod odam, jumladan 350 nafar chet ellik mehmon, ulardan 230 nafari 36 mamlakatning xorijiy biznes doiralari vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda Namangan viloyatiga biriktirilgan 18 ta O‘zbekiston Elchilari ishtirok etdi.

Forum muqaddas Ramazon oyi yakunlanishi bilanoq o‘tkazilganiga qaramay, 8 ta musulmon mamlakatlari – Quvayt, O‘mon, Misr, BAA, Turkiya, Pokiston, Eron va Ozarbayjondan 100 ga yaqin biznesmenlar ishtirok etdi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduxakimov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Abdualiyev, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov nutq so‘zladi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamalov Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini namoyish etdi va hududda biznes yuritish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari Namangan viloyatining muvaffaqiyatli tadbirkorlari viloyatning eksport salohiyati hamda to‘qimachilik agroklasterlari, chorvachilik, davlat-xususiy sherikchilik va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imokoniyatlar to‘g‘risida forum ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.

Seksiya majlislarida Namangan viloyatida sanoat, qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi, innovatsiya va turizm sohalarini rivojlantirishga doir ko‘plab masalalar muhokama qilindi. Seksiya majlislaridan so’ng Namangan viloyatining turli sohalardagi eksport mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda “B2B” va “B2G” shakllaridagi muzokaralar o‘tkazildi.

2019-yilning 8-iyun kuni Namangan shahrida “Doing business with Namangan” xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini davom ettirdi.

Tadbir ishtirokchilari “Istiqlol dizayn”, “Art Soft Teks”, “Merrimed farm”, “Chortoq mineral water”, “Ideal” kabi Namangan viloyatining eksportga yo‘naltirilgan yirik kompaniyalari faoliyati bilan tanishdilar.

Xorijlik mehmonlar “Axsikent” arxeologik majmuasiga, “Chortoq resort”, Is’hoqxon To‘ra Ibrat nomidagi majmuaga va Namangan viloyatining boshqa madaniy-tarixiy, sayyohlik va ta’lim obyektlariga ham tashrif buyurdilar.

Shuningdek, Namangan viloyati hokimiyatida Hindiston, Rossiya, Avstriya, Xitoy, Eron, Singapur, BAA, Quvayt, O‘mon, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlatlarning yirik kompaniyalari vakillari bilan alohida muzokaralar ham tashkillashtirildi.

Xususan, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduxakimov o‘tkazgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati Avstriya kompaniyalari «АМЕ International GmbH» и «AVK GmbH» vakillari bilan 10,5 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit jalb etgan holda Namangan viloyati kardiologiya markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha uch tomonlama Memorandum imzoladilar.

Hindistonning “Ultimate Investment” kompaniyasi raisi M.Gupta bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra Namangan viloyati hokimiyati bilan mehmonxonalar va biznes markazi qurish bo‘yicha umumiy qiymati 50 million AQSh dollari bo‘lgan Bitim imzolandi.

Xitoyning “Yantag Jimpeng Mining” kompaniyasi bilan Pop tumanida foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha 40 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Rossiyaning “Торговый дом Тавифа” kompaniyasi bilan to‘qimachilik mahsulotlari eksporti bo‘yicha 30 million dollarlik kelishuvga erishildi.

Forumning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra umumiy qiymati 170 million AQSh dollariga teng 24 ta investitsiya bitimi va eksport shartnomalari imzolandi. Ikkinchi kuni yana 15 ta bitim imzolandi. Jami umumiy qiymati 320 million AQSh dollariga teng 39 ta hujjat imzolandi.

Forum doirasida Namangan viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mintaqada birinchi bor eksport qiluvchilarni qo‘llab quvvatlaydigan va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari katalogini o‘z ichiga oladigan “MADEINNAMANGAN.UZ” portali ishlab chiqildi va ishga tushirildi.

Forum yakunlanganidan so‘ng ko‘plab xorijlik ishtirokchilar va diplomatik korpus vakillari o‘z firklari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Forum ishtirokchilarining umumiy fikrlariga ko‘ra bunday ko‘p sonli xorijlik mehmonlarning respublika viloyatlaridan biriga tashrif buyurishi chet el biznes doiralarining barcha munosabatlarda jadal o‘zgarayotgan O‘zbekistonga ulkan qiziqishidan dalolat beradi. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishi asosan mahalliy ko‘ngillilarning xorijiy tillarni yaxshi bilishi, mehmondo‘stlik, ochiqlik va hamkorlikka intilish kabi inson omillari natijasi hisoblanadi.

Xorijlik biznesmenlar O‘zbekiston hududlarida bu kabi forumlarni har yili o‘tkazish zarur deb hisoblaydilar. Bu o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yaxshilanayotgan ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risida keng ommani boxabar qilishga imkon beradi.



Marta o`qilgan: 540