O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
8 - iyun 2019

Namangan shahrida “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi

2019-yilning 8-iyun kuni “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi ishtirokchilari “Istiqlol dizayn markazi”, “Art Soft Teks”, “Merrimed farm”, “Chortoq resort”, “Chortoq mineral water” kompaniyalari va boshqa shu kabi Namangan viloyatining yirik eksportga yo‘naltirilgan tashkilotlar faoliyati bilan tanishdilar.

Bundan tashqari xorijlik mehmonlar “Axsikent” arxeologik majmuasiga, Is’hoqxon To‘ra Ibrat nomidagi majmuaga va Namangan viloyatining boshqa madaniy-tarixiy va turistik obyektlariga ham tashrif buyurdilar.

Namangan viloyati hokimligida chet el kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati 300 mln. AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etuvchi investitsion bitim va shartnomalarning imzolanishi forumning asosiy natijasi bo‘ldi.



Marta o`qilgan: 519