×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:05:42 (GMT +5), seshanba, 24 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyun 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 8-iyun kuni Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uchta avtomobil to‘qnashib ketgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi, jumladan 1980-yil 19-aprelda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Omirzanova Oliozaxon Qahramonjonovna jarohat olgan. O.Omirzanova dastlab Nijniy Lomov tuman kasalxonasiga yotqizilgan, keyin Penza viloyat klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan. Bemorning holati vrachlar tomonidan “stabil og‘ir” deb baholanmoqda.

Bosh konsulxona vatandoshimizga yordam berish choralarini ko‘rmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-967-772-66-00.



Marta o`qilgan: 725