×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:06:26 (GMT +5), payshanba, 22 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


8 - iyun 2019

Xalqaro investforum ishtirokchilari Namangan viloyati hududlari bilan tanishmoqda

2019-yilning 7-iyun kuni “Pahlavon” majmuasida Namangan viloyati ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Invest in Namangan” forumi ishtirokchilarining “B2B” va “B2G” shakllaridagi uchrashuvlari o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada viloyatning yetakchi to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari xorijlik potensial sheriklarga namoyish qilindi.

“B2B” va “B2G” shakllaridagi uchrashuvlar chog‘ida viloyatning biznes-doiralari va rasmiy vakillari xorijiy biznesmenlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida chet el kompaniyalari bilan qiymati 300 mln. AQSh dollaridan oshuvchi 40 dan ortiq shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Xalqaro forum doirasida mahalliy va xorijiy OAV muxbirlari uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi.

8-iyun kuni forum qatnashchilarining Namangan viloyati hududlariga chiqib, istiqbolli investitsiya va savdo takliflari bilan joyning o‘zida tanishishlari rejalashtirilgan.



Marta o`qilgan: 588