Dolzarb masalalar
- Saylov - 2019
- O'zbekistonning investitsiya salohiyati
- O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
- Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi
- O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi
- Orol va suv resurslari muammolari
- O‘R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar
-
Хабарҳои Ўзбекистон
Namangan shahridagi forumda seksiya majlislar bo‘lib o‘tdi
2019-yilning 7-iyun kuni Namangan shahrida “Invest in Namangan” xalqaro investitsiya forumi doirasida seksiya majlislari bo‘lib o‘tdi.
4 ta seksiyaga bo‘lingan holda forum qatnashchilari Namangan viloyatida sanoatni rivojlantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini, yerdan unumli foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash istiqbollarini, investitsiya, innovatsiya va texnologiyalarni jalb qilish hamda mintaqaning turistik salohiyatini ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
Ishbilarmon doiralar vakillari seksiya majlislari chog‘ida Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyati, jumladan viloyatning to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Xorijiy biznesmenlar to‘qumachilik klasterlarini tashkil etish, davlat-xususiy sherikchilik, innovatsiya sohalaridagi istiqbolli loyihalarga qiziqish bildirdilar.