×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:05:06 (GMT +5), juma, 21 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - iyun 2019

London shahrida O‘zbekiston to‘g‘risida chet elda chop etilgan eng yaxshi maqola muallifiga “Oltin qalam” mukofoti topshirildi

2019-yilning 5-iyun kuni London shahridagi mamlakatimiz Elchixonasida tantanali tarzda “iCrossing” Britaniya onlayn-marketing agentligining turizm bo‘yicha muharriri Jeremi Hidga “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganligi munosabati bilan jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti Tashkiliy qo‘mitasining statuetka va sertifikati topshirildi. Mukofot 2018-yilning noyabr oyida Financial Times gazetasida chop etilgan “O‘zbekistondagi o‘ta tez yurar “ipak yo‘li” maqolasi uchun topshirildi.

Mazkur materialni yuzlab elektron OAV o‘z sahifalarida joylashtirishi O‘zbekistonga sayohat qilishga va bunda “Afrosiyob” tez yurar poyezdidan foydalanishga qiziqishning keskin o‘sishiga olib keldi.

Jeremi Hid “Oltin qalam” tanlovi tashkilotchilariga o‘z mehnatini yuqori bohalaganliklari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra u o‘z maqolasida O‘zbekistonda ko‘rganlarining va u yerdagi jozibaning bir qismini ifoda eta olgan. Jurnalist Britaniyaning qator OAVdan O‘zbekiston haqida yangi material tayyorlab berish bo‘yicha takliflar tushayotganligi va shu munosabat bilan yana bir bor mamlakatimizga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

Mukofotni topshirish marosimi Elchixona tomonidan tashkil etilgan Britaniyaning Financial Times, The Guardian, Telegraph, Sunday Times, BBC, Wanderlust, Lonely Planet, Bradt Travel Guides, Travel the Unknown, Aviation, Metro, Travel Weekly va boshqa taniqli nashrlarning jurnalist va frilanserlari bilan uchrashuv doirasida bo‘lib o‘tdi.

Londondagi diplomatik vakolatxonalarning tadbirlarida 70 dan ortiq jurnalishtlarning qatnashishi noyob hodisa ekanligi ishtirokchilar tomonidan qayd etilib, shuning o‘ziyoq Buyuk Britaniyada, jumladan sayohat qilish ihlosmandlari orasida O‘zbekistonga qiziqishning ortayotganidan dalolat beradi.

Qatnashchilarga O‘zbekistonning turistik qadamjolari, mamlakatda turistik infratuzilmaning rivojlanishi va chet ellik mehmonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jahon OAVda O‘zbekistondagi turizmni yoritish borasida britaniyalik jurnalist va blogerlarning amalda hal qiluvchi rol o‘ynayotgani ta’kidlandi. Birgina joriy yilning o‘tgan 5 oyida ular tomonidan mavzuga oid 120 dan ortiq materiallar chop etildi. Shu kabi maqolalar sababli O‘zbekiston turizm sohasidagi qator Britaniya maxsus jurnallarining tanlovlarida, jumladan “Eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalish” va “Osiyodagi sayohat qilish uchun yaxshi joy” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston turistik salohiyatining Britaniya OAVda keng yoritilishi va Birlashgan Qirollik fuqarolari uchun visasiz tartibning joriy qilinganligi natijasida mazkur mamlakatdan O‘zbeksitonga tashrif buyuruvchi turistlar soni o‘tgan yili 40%ga, joriy yilning birinchi choragida 2018-yilning shu davriga nisbatan 100%ga oshdi.

Tadbirning ko‘pgina ishtirokchilari ham O‘zbekiston bilan bo‘gliq turli media loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi. Ularga ham kelgusi yilda “Oltin qalam” tanlovida ishtirok etishlari hamda joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Buyuk ipak yo‘lida turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasiga tashrif buyurishlari taklif etildi.



Marta o`qilgan: 238