O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
6 - iyun 2019

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

Mamlakatimizning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 3-iyun kuni Sankt-Peterburg shahri Petrograd tumanida O‘zbekiston fuqarosi 01.04.1977-yilda tug‘ilgan Allanazarov Oybek Bekchanovichning jasadi topilgan. Ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Marta o`qilgan: 2090