×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
03:04:01 (GMT +5), juma, 21 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


5 - iyun 2019

O‘zbekiston birinchi marta BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

2019-yilning 4-iyun kuni BMTning Nyu-York shahridagi qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi 74-sessiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston vakili 2019-yilning sentabr oyidan o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi va 74-sessiya yakunlanadigan 2020-yilning sentabr oyigacha Bosh Assambleya raisiga mazkur organ faoliyatini boshqarishda yordam beradi.

O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi (Nyu-York shahri) bergan ma’lumotga ko‘ra Bosh Assambleya tashkilotga a’zo barcha davlatlar vakillari ishtirok etadigan asosiy maslahat organidir. Ushbu organ tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, qurolsizlantirish, taraqqiyot, qashshoqlikka barham berish hamda inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun mas’uldir. Bosh Assambleya BMTning eng nufuzli va asosiy organlaridan biri sifatida hamda a’zo mamlakatlarning noyob forumini o‘zida mujasam etgan holda keng doiradagi xalqaro masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

Rais o‘rinbosarlarining asosiy vakolatlari doirasiga rais ishtirok etmagan hollarda Bosh Assambleya yalpi majlislarini ochib berish va yopish, yalpi majlislarda muhokamalarni boshqarish, ovoz berishga masalalar kiritish, ular bo‘yicha qarorlarni e’lon qilish kabi vazifalar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning ushbu yuqori lavozimga saylanishi mamlakatimizning mintaqada va butun dunyoda do‘stona muhitni hamda hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, barqaror rivojlanishga qaratilgan tashqi siyosati jahon hamjamiyati va BMT rahbariyati tomonidan to‘laqonli qo‘llab-quvvatlanishidan dalolat beradi.



Marta o`qilgan: 242