×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:52:51 (GMT +5), seshanba, 24 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - iyun 2019

O‘zbekistonning Misrdagi Elchisi “Oltin qalam” xalqaro tanlovi mukofotini topshirdi

2019-yilning 28-may kuni O‘zbekistonning Qohira shahridagi Elchixonasi jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XIV Milliy mukofoti “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasining diplomini topshirish munosabati bilan Misr ekspertlar hamjamiyati va yetakchi OAV vakillari uchun iftorlik dasturxoni yozdi.

“Samarqanddan Toshkentgacha” nomli batafsil maqolani tayyorlagan Misrning “Al-Jumhuriya” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, arab dunyosining atoqli publitsisti As-Sayid Haniga mukofotni O‘zbekiston Elchisi Oybek Usmanov topshirdi.

As-Sayid Hanining materiali “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” (Samarqand shahri, 2017-yil 10-11-noyabr) va “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” (Toshkent shahri, 2019-yil 19-20-fevral) mavzusidagi xalqaro konferensiyalariga bag‘ishlangan.

Misr va boshqa arab davlatlarida katta qiziqish uyg‘otgan maqola Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va barqarorlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslariga e’tiborni jalb qildi.

Biz bugun O‘zbekistonning yetakchi roli asosida Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan taraqqiyotning yangi burilishiga guvoh bo‘layotganimiz Misr va arab davlatlarida qiziqish uyg‘otishi mumkin, deb yozgan taniqli misrlik jurnalist.

Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Hamdi Abu Al-Aneyn, Ayn-Shom universiteti rektori, professor Salih Hoshim, Misrning “Asia Times” jurnali bosh muharriri Midhat Imam va tantananing boshqa ishtirokchilari ham As-Sayid Hanini mukofot bilan tabriklashdi.

Elchixonadagi tadbir “Al-Axram”, “Al-Jumhuriya”, “Asia Times”, “Al-Axbar al-Masai”, “Ros al-Yusef” va Misrning boshqa bosma va elektron OAVda keng yoritildi.



Marta o`qilgan: 830