×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:54:18 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


27 - may 2019

O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 87-Bosh sessiyasida qatnashmoqda

Shu kunlarda Fransiya poytaxti Parijda Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti(OIE)ning 87-Bosh sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

31 mayga qadar davom etadigan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahromjon Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiev hamda Oliy Majlis Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarovlar ham ishtirok etmokda.

Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 87-Bosh sessiyasida delegatlar tomonidan bir qator xalqaro me’yorlar va standartlar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog‘ida OIE Bosh direktori Monik Elua, xalqaro moliya institutlari vakillari, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha Fransiya kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, safar davomida Rossiya, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlari bilan veterinariya va chorvachilik sohasida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ham belgilangan.

Shuningdek OIEning 87-Bosh sessiyasi doirasida "O‘zbekiston kuni" ham nishonlanadi, unda tashkilotga a’zo bo‘lgan 180dan ortiq mamlakat delegatsiyalari hamda faxriy mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.



Marta o`qilgan: 781