×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:49:43 (GMT +5), dushanba, 24 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


25 - may 2019

O‘zbekiston Elchisi “Oltin qalam” Xalqaro tanlovi diplomini topshirdi

2019-yilning 20-may kuni O‘zbekistonning Minsk shahridagi Elchisi Nasirjan Yusupov “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasi va hakamlar hay’ati nomidan Belarus Respublikasi Axborot vaziri, taniqli yozuvchi va publitsist Aleksandr Karlyukevichga diplom va qimmatbaho sovg‘ani topshirdi.

An’anaga ko‘ra tanlov yakunlari 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilindi. Ales Karlyukevichning publitsistik ishlari “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha diplom bilan taqdirlandi.

Elchi Ales Karlyukevichning O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan munosabatlarga qo‘shayotgan ulkan shaxsiy hissasini e’tirof etdi. Muallif o‘z asarlarida mamlakarlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga, umumiy tarix, umumiy qadriyatlarni asrab avaylashga chaqiradi («Мы слышим друг друга»), o‘quvchilarini Belorus shoiri Yakub Kolasning urush yillarida Toshkentda o‘tgan hayoti va faoliyati orqali ikki davlat adiblarining do‘stona muloqoti sarchashmalari bilan tanishtiradi («Из хроник жизни поэта») va Belorussiyani fashistlardan ozod qilish uchun kurashgan o‘zbekistonlik jangchilarning qahramonliklarini baralla kuylaydi («Казбек и другие...»). Uning kitoblari o‘quvchilarda geografik jihatdan uzoq mamlakat, biroq ruhiyat va milliy xarakter bo‘yicha yaqin xalqqa nisbatan qiziqish uyg‘otadi, xalqimiz tarixi, qadriyatlarini, o‘zbek yozuvchilarining badiiy asarlarini yanada chuqurroq o‘rganishga turtki beradi.

Elchi Aleksandr Nikolayevichning kelgusida ham o‘quvchilarini o‘z asarlari bilan quvontirishda davom etishiga umid bildirdi.

Ales Karlyukevich o‘z navbatida Xalqaro tanlov tashkilotchilari va hakamlariga asarlarini yuqori baholaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan keyin ham o‘z ijodi orqali mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdek olijanob ishda qatnashish borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.



Marta o`qilgan: 418